Published December 6, 2024 | Version v1
Conference paper Open

VARIATSIYA KO'RSATKICHLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT

  • 1. O'zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali

Description

Ushbu maqolada variatsiya ko‘rsatkichlari, ya’ni dispersiya, standart og‘ish, variatsiya koeffitsienti va interkvartil oralig‘ining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Variatsiya ko‘rsatkichlari ma’lumotlar to‘plamining tarqalishini o‘lchashda va o‘zgaruvchilarning farqlarini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Dispersiya va standart og‘ish o‘zgaruvchilarning o‘rtacha qiymatdan qanchalik farqlanishini o‘lchasa, variatsiya koeffitsienti nisbiy o‘zgaruvchanlikni, interkvartil oralig‘i esa markaziy ma’lumotlarning tarqalishini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkichlar iqtisodiyot, tibbiyot va ijtimoiy fanlar kabi sohalarda ma’lumotlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishda keng qo‘llaniladi. Maqolada har bir ko‘rsatkichning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, ularning amaliy ahamiyati muhokama qilingan.

Files

VARIATSIYA KO‘RSATKICHLARI- NAZARIYA VA AMALIYOT.pdf

Files (725.4 kB)