Published December 6, 2024 | Version v1
Conference paper Open

PUL-KREDIT SIYOSATINING MAQSADLARI VA VOSITALARI

  • 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Description

Ushbu ilmiy maqolada pul-kredit siyosatining maqsadlari va vositalari batafsil tahlil qilinadi. Maqolada pul-kredit siyosatining asosiy maqsadlari, jumladan, inflyatsiyani boshqarish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, mehnat bozorini qo‘llab-quvvatlash va valyuta kursini barqarorlashtirish keltirilgan. Shuningdek, pul-kredit siyosatini amalga oshirishda markaziy banklar tomonidan qo‘llaniladigan asosiy vositalar – ochiq bozordagi operatsiyalar, foiz stavkalari, rezervlar normasi va diskont stavkasi hamda ularning iqtisodiyotga ta’siri tahlil etiladi. Maqola, shuningdek, pul-kredit siyosatining iqtisodiy tizimdagi o‘rni va uning samarali amalga oshirilishi iqtisodiy o‘sish, barqarorlik va inflyatsiya nazoratiga ta’sir qilishi muhimligini ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar: Pul-kredit siyosati, inflyatsiya, iqtisodiy o‘sish, barqarorlik, markaziy bank, ochiq bozordagi operatsiyalar, foiz stavkasi, diskont stavkasi

Files

PUL-KREDIT SIYOSATINING MAQSADLARI VA VOSITALARI.pdf

Files (679.2 kB)