TA'MINOT ZANJIRLARINI BOSHQARISHDA SMART (AQLLI) SHARTNOMALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLAR
- 1. Millat Umidi Universitetining BA-203 guruh talabasi
Description
Ma’lumki, hayotimizda texnika texnoligiya kundan kunga rivojlanib, insoniyatga keng imkoniyatlar va yengilliklar yaratib bermoqda. Texnologiya oddiyva xalqaro darajadagi shartnomalarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Endilikda dunyoning istalgan qismidan turib, shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirish bugungi kun taraqqiyoti uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, texnologiya, aniqroq qilib aytganda informatikaning taraqqiyoti-smart shartnoma tushunchasining yaratilishiga asos bo‘ldi. Bu atama g‘oyasini birinchi marotaba AQShlik informatika, kriptografiya va huquq bo‘yicha mutaxassisi Nika Sabo tomonidan 1994-yilda ilgarisurilgan bo‘lib, u mazkur shartnomani «Tomonlar o‘rtasidagi majburiyatlarning raqamli vakili, shu jumladan ushbu majburiyatlarni bajarish uchun protokol», deb ta’riflaydi. Shu o‘rinda aytish joizki, smart shartnomalarning amaliyotga kirib kelishi 2008-yilda blokcheyn texnologiyasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Blokcheyn (inglizcha Blockchain –blok zanjiri) –ma’lum qoidalar asosida tuzilgan ma’lumotni o‘z ichiga olgan bloklarning doimiy ketma-ket zanjiri.
Files
TA’MINOT ZANJIRLARINI BOSHQARISHDA SMART (AQLLI) SHARTNOMALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLAR.pdf
Files
(1.7 MB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:6af8d4ad27eed0f5c836a341751993cc
|
1.7 MB | Preview Download |