REKOMBINANT TRASTUZUMAB ANTITANASINI KODLOVCHI PLAZMID KONSTRUKSIYA YARATISH
Description
Annotatsiya. Saraton kasalligi tez o‘sib, 2020-yilda 18 million yangi holat
va 10 million o‘lim qayd etilgan. 2040-yilga kelib, bu ko‘rsatkichlar 29,9 million
va 15,3 millionga yetishi prognoz qilinmoqda. Ko‘krak bezi saratoni eng keng
tarqalgan bo‘lib, 2022-yilda O‘zbekistonda 5 022 ta holat qayd etilgan.
HER-2 (Inson epidermal o‘sish omili retseptori 2) geni amplifikatsiyasi
ko‘krak bezi saratoni holatlarining 20-25% ida kuzatilib, o‘smaning tajovuzkor
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Trastuzumab kabi dorilar samarali bo‘lsa-da, yuqori
narx va talabning ortishi O‘zbekistonda uning mavjudligini cheklamoqda. Shu
sababli, biz arzonroq mahalliy analog ishlab chiqishni maqsad qildik.
Buning uchun trastuzumab analoglari tahlil qilindi, va insonlashtirilgan
trastuzumab oqsili genining nukleotid ketma-ketligi CHO hujayralarida
ifodalanishiga mos ravishda kodon optimizatsiya qilindi. Virtual konstruksiya
pVITRO1 plazmididan foydalangan holda ishlab chiqildi va yengil va og‘ir zanjir
kodlash ketma-ketliklari uchun zaruriy elementlar kiritildi. Trastuzumabning og‘ir
zanjir geni IgE signal peptidi bilan ishlab chiqilib, mEF1 promotor ostida, mEF-1a
intronini o‘z ichiga olgan holda joylashtirildi, yengil zanjir esa rEF1 promotor
ostida o‘sha IgE signal peptidi bilan kodlandi. Ushbu konstruksiya E. coli ga
kiritildi, ijobiy klonlar PZR orqali genning kiritilgani tasdiq
Files
BIOTEXNOLOGIYANING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI.pdf
Files
(2.2 MB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:e764cd4e86679a508b2eaa5bae0c1a54
|
2.2 MB | Preview Download |