CRISPR-CAS9 TEXNOLOGIYASINING TIBBIYOTDA QO'LLANILISHI
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali
Description
Hozirgi kunda gen muhandisligida turli yangi texnologiyalar katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Bu texnologiyalar bizga tibbiyot sohasida genetik tahrirlashni amalga oshirish, genetik kasalliklarga samarali davolash usullarini yaratishga imkon yaratmoqda. XXI asrning boshlarida genomni o‘rganish sohasida erishilgan yutuqlar, ayniqsa “Inson genomi” loyihasining muvaffaqiyatli yakunlanishi gen muhandisligi usullarining keng qo‘llanilishiga asos bo‘ldi. Genom tahrirlash sohasidagi eng katta yutuqlardan biri hisoblangan CRISPR/Cas9 texnologiyasi hozirgi kunda tibbiyot sohasida katta o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. CRISPR Cas9-texnologiyasi DNKdagi ma’lum qismlarni aniq tahrirlash imkonini beradi va bu jarayonni osonlashtiradi. Bugungi kunda gen terapiyasi usullarining rivojlanishi β-talassemiya, o‘roqsimon hujayrali anemiya kabi genetik kasalliklarni davolashda ijobiy natijalarga erishish imkonini bermoqda.
Files
CRISPR-CAS9 TEXNOLOGIYASINING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI.pdf
Files
(2.7 MB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:711e86e841771131310803b077ec9d8d
|
2.7 MB | Preview Download |