Published May 7, 2025 | Version v1
Conference paper Open

MUSHUKLARDA BOLDIR SUYAGINING SINISHINI OPERATSION USULDA DAVOLASH

  • 1. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali

Description

Ushbu maqolada mushuklarda boldir suyagining yopiq sinishini jarrohlik yo‘li bilan davolashda ochiq reduksiya va osteosintez (ORIF) usulining qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqotda sinish holati anesteziya ostida ochiq kirish orqali to‘g‘rilanib, metall implantatlar yordamida osteosintez bajarildi. Ushbu usul suyak bo‘laklarini anatomik joyiga qaytarish va ularni barqaror holatda fiksatsiya qilish imkonini berdi. Operatsiyadan so‘ng mushukka kompleks parvarish tadbirlari qo‘llanilib, suyak bitish holati rentgen nazorati ostida baholandi. Natijalar ushbu usulning samaradorligini va murakkab sinishlarni davolashda qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi. Ochiq reduksiya va osteosintez mushuklarda harakat funksiyasini tiklash va tiklanish davrini qisqartirishda muhim rol o‘ynaydi.

Files

MUSHUKLARDA BOLDIR SUYAGINING SINISHINI OPERATSION USULDA DAVOLASH.pdf