Published May 10, 2025 | Version v1
Book Open

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGINI JAHON IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY HAMDA MA'NAVIY-MADANIY TARAQQIYOTIDAGI OʻRNI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI TO'PLAMI

  • 1. Toshkent gumanitar fanlar universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Description

 “Amir Temur va temuriylar davlatchiligini jahon ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent gumanitar fanlar universiteti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida tashkil etilgan boʻlib, ilmiy-amaliy konferensiya Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik tarixi, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosi, temuriylarning dunyo taraqqiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasi, sarkardaning mardlik, jasorat, adolat, sadoqat hamda vatanparvarlikka yoʻgʻirilgan e’tirofli va ezgu fazilatlarini mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy islohotlar bilan uygʻunligini oʻrganish maqsadida tashkil etilgan.

Ilmiy-amaliy konferensiya materillariga oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, doktorant va tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, harbiy xizmatchilar, magistratura va bakalavr ta'lim yoʻnalishi talabalarining Amir Temur va temuriylar davlatchiligida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti, temuriylar saltanatida davlat boshqaruvi va harbiy tizim faoliyatini tashkiliy asoslari, ilm-fan taraqqiyotiga e’tibor, xalqaro savdo munosabatlarini amalga oshirish mexanizmi xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish jarayonlaridagi oʻrni, temuriylar imperiyasi davridagi diplomatik munosabatlarni jahondagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda geosiyosiy oʻzgarishlarga ta'siriga doir ilmiy maqola va tezislar kiritilingan.

Ushbu nashrda keltirilgan barcha ma'lumotlar mualliflarga tegishli boʻlib, tanqidiy fikr-mulohazalarga mualliflarning oʻzlari mas'uldirlar.

Files

To'plam 2025-yil 7-aprel.pdf

Files (5.9 MB)

Name Size Download all
md5:e6df6550674fa3776df5096c38dbe848
5.9 MB Preview Download