Published October 10, 2024 | Version v1
Conference paper Open

TALABALARNING AXBOROT TA'LIM MUHITIDA MUSTAQIL ISHLARINING TASHKIL ETISHNING INTEGRATIV YONDASHUVI

  • 1. Toshkent davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi
  • 2. ROR icon Andijon Davlat Pedagogika instituti

Description

Fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib, taraqqiy etib borayotgan bugungi sharoitda ko‘plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. [1]Mazkur holat, bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va bo‘limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar o‘rtasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Shubhasiz, hozirgi zamon pedagogikasi bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy va ijodiy, talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishni takomillashtirish uchun ta’lim jarayonida o‘qitishning yangi usullarini joriy qilishni talab qilmoqda. [2]Bo‘lajak mutaxassislarning talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishni integrativ yondashuv asosida takomillashtirish ta’limda integratsiyaning birligi fenomeni haqidagi ilmiy-amaliy axborotlarni tadqiq qilish, integrativ yondashuv tushunchalarini bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligi tizimini tavsiflash uchun qo‘llashning maqsadga muvofiqligini tahlil qilishga asoslanadi. Ma’lumotnoma xarakteridagi adabiyotlar asosida bajarilgan integratsiya tushunchasining kontent-tahlili uning asosiy va muhim talqinlarni birlashtiradigan, ta’limga ham aloqador bo‘lgan xususiyatlarini ajratish imkonini beradi.


[1] Компетентностный подход - конкретно-научный уровень методологии формирования профессионально-комп етентностной культуры будущего специалиста. http://elibrary.ru/item.asp?id=15489987

[2] Структурно-содержате льная целостность урока искусства. http://elibrary.ru/item.asp?id=20183647

 

Files

TALABALARNING AXBOROT TA’LIM MUHITIDA MUSTAQIL ISHLARINING TASHKIL ETISHNING INTEGRATIV YONDASHUVI.pdf