Published December 23, 2024 | Version v1
Conference paper Open

MAXSAR (CARTHAMNUS TINCTORIUS) - O'SIMLIGINING QO'LLANILISHI

  • 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Description

Maxsar (Carthamnus) — murakkabguldoshlarga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, moyli ekin. Aksariyati Oʻrta dengiz atroflari, Gʻarbiy va Oʻrta Osiyoda oʻsadigan 19 turi maʼlum. Dehqonchilikda C.tinctorius (boʻyokli M.) turi ekiladi. Vatani — Efiopiya va Afgoniston. Oʻrta Osiyoda qadimdan, Misr, Hindi-ston, Xitoyda miloddan avvalgi, Yevropada 18-asrdan yetishtiriladi. Yovvoyi hoddaoʻsishi kuzatilmagan. Hindiston, Turkiya, Eron, Xitoy, Yevropa mamlakatlari, AQSH va boshqa mamlakatlarda, shuningdek, Oʻrta Osiyoda faqat Oʻzbekistonda — Jizzax, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida (lalmi yerlarida) ekiladi. Bir yillik issiqsevar, qurgʻoqchilikka juda chidamli ekin. Boʻyi 60— 120 sm, poyasi silliq, barglari nashtarsimon, tikanli va tikansiz. Toʻpguli savatcha, sariq, jigarrang. Mevasi pista, urugi oqish.

Files

MAXSAR (CARTHAMNUS TINCTORIUS) - O‘SIMLIGINING QO‘LLANILISHI.pdf

Files (721.4 kB)