Published December 27, 2024 | Version v1
Conference paper Open

XUFIYONA IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH JARAYONIDA INFLYATSIYA DARAJASI PASAYTIRISH YO'LLARI

  • 1. O'zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali talabalari

Description

Ushbu tezis xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish orqali inflyatsiya darajasini pasaytirishning asosiy yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Xufiyona iqtisodiyot, asosan, mamlakatning soliq bazasini kamaytirib, davlat byudjetiga daromadlarni yetkazib bermaslik orqali iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu iqtisodiyotda bozor mexanizmlarining noto‘g‘ri ishlashi, narxlar barqarorligining buzilishi va inflyatsiya darajasining ortishiga sabab bo‘luvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.

Tezisning  amaliy ahamiyati shundan iboratki, u davlat iqtisodiy siyosati va inflyatsiyaga qarshi choralarni samarali amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar beradi. Xufiyona iqtisodiyotni qisqartirishning iqtisodiy va ijtimoiy natijalari ko‘rib chiqilib, soliq bazasini kengaytirish va davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash orqali inflyatsiya darajasini pasaytirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.

Tezis xufiyona iqtisodiyot muammosiga duch kelgan mamlakatlar, xususan, rivojlanayotgan davlatlar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodchi-mutaxassislar, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot doiralari uchun qimmatli ma’lumot manbasi hisoblanad. Mazkur ishda xufiyona iqtisodiyotning asosiy sabablari va ularning inflyatsiya darajasiga ta’sirini aniqlash uchun chuqur tahlil amalga oshirilgan.

Files

XUFIYONA IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH JARAYONIDA INFLYATSIYA DARAJASI PASAYTIRISH YO‘LLARI.pdf