Published January 10, 2025 | Version v1
Conference paper Open

KO'P O'LCHAMLI KAMBAG'ALLIKNI ANIQLASH USULI, MUAMMOLARI VA AFZALLIKLAR

  • 1. O'zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs talabasi

Description

Kambagʻallik nima? Uning sabablari nimada? Inson kambagʻal deb tan olinishi uchun qanday talablar mavjud? Kambagʻallikni aniqlashda qanday yondashuvni amalga oshirish kerak va qaysi biri samaraliroq boʻladi? Ushbu savollarga turli xil yirik tashkilotlar turlicha ta’rif va yechim berganidek, odamlarning kambagʻallik toʻgʻrisidagi fikrlari ham turlichadir. Ba’zilar aytishi mumkin, kambagʻallik-bu toʻyib ovqatlanmaslik, yana boshqalar kiyim-kechagi boʻlmagan insonlar kambagʻal deyishi mumkin. Fikrlar turlichadir, ammo bularning qaysi biri haqiqatga yaqinroq degan savol tugʻiladi. Besh kishidan kambagʻallik nima degan tadqiqot oʻtkazib shuni bildimki, deyarli barcha kishi toʻyib ovqatlanmaslik degan javobni berishdi. Ha bu ham toʻgʻri javob boʻlishi mumkin ammo juda sodda va tor ma’noli boʻlib kambagʻallik haqida toʻliq ma’lumot berolmaydi.

Files

KO‘P O‘LCHAMLI KAMBAG‘ALLIKNI ANIQLASH USULI, MUAMMOLARI VA AFZALLIKLAR.pdf