Ushbu maqolada monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslari va amaliy masalalari ko‘rib chiqilgan. Monopoliyalar bozor muvaffaqiyatsizligi va ijtimoiy farovonlikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, shuning uchun davlatning aralashuvi zarur. Maqolada monopoliyalarning paydo bo‘lishi, davlat tomonidan tartibga solinishi va antimonopoliyaviy siyosatning amalga oshirilishidagi asosiy masalalar tahlil qilingan. Shuningdek, monopoliyalarni regulyatsiya qilish orqali bozorning samarali ishlashini ta'minlash, raqobatni rivojlantirish va iste'molchilarning manfaatlarini himoya qilishda davlatning roli va usullari ko‘rsatilgan. Maqola iqtisodiy barqarorlikni saqlash va ijtimoiy adolatni ta'minlashda monopoliyalarga qarshi kurashishning ilmiy va amaliy muhimligini ta'kidlaydi.
|