Published May 7, 2025 | Version v2
Journal article Open

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASH VA LOGISTIKASINI BOSHQARISHDA SUN'IY INTELLEKTNING QO'LLANILISHI

  • 1. "International School of Finance Technology and Science" institute "Biznes boshqaruvi" kafedrasi dotsenti

Description

Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ularni iste’molchigacha yetkazib berish jarayonlarida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining qo‘llanilish imkoniyatlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Hozirgi kunda global oziq-ovqat tizimi murakkab logistika zanjirlarini, real vaqtli monitoringni, mahsulot yaroqlilik muddatini kuzatishni hamda isroflarning oldini olishni ta’minlovchi texnologik yechimlarni talab etmoqda. Maqolada mashinali o‘rganish, kompyuter ko‘rishi, “aqlli” sensorlar, va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tahlili kabi SI asosidagi texnologiyalarning oziq-ovqat mahsulotlarini optimal sharoitlarda saqlash va samarali taqsimlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, logistika tarmoqlarida sun’iy intellekt yordamida marshrutlarni optimallashtirish, omborxona jarayonlarini avtomatlashtirish va xaridor ehtiyojlarini prognoz qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, SI texnologiyalarining keng joriy etilishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mahsulotlar sifatini saqlab qolish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Files

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASH VA LOGISTIKASINI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKTNING QO‘LLANILISHI.pdf