Bozor iqtisodiyoti sharoitida budjet tashkilotlari budjetdan moliyalashtirilishlaridan tashqari o‘zlari qo‘shimcha daromad olish huquqlariga egalar. Ana shu qo‘shimcha mablag‘larning budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari hisoblariga to‘liq kelib tushishi va ushbu mablag‘lardan foydalanishda budjet tashkilotlari xodimlarining manfaatlarini oshirish budjet tashkilotlariga biriktirilgan mulk va budjet tashkilotlarining boshqa imkonlaridan keng foydalanishni rag‘batlantiradi, iqtisodiy o‘sishga qo‘shimcha dalda beradi va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish imkonlarini kengaytiradi.
|