RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI
- 1. Buxoro innovatsiyalar universiteti magistranti
Description
Raqamli vositalar va resurslar zamonaviy ta’lim tizimida talabalarning mustaqil ishlash faoliyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola O‘zbekistonda raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarning mustaqil ishlash qobiliyatini oshirishning ilmiy-nazariy asoslarini va amaliy imkoniyatlarini o‘rganadi. Maqolada 2010–2023-yillarga oid tahminiy ma’lumotlarga asoslanib, raqamli vositalarning talabalarning mustaqil ishlash faoliyatiga ta’sirini ekonometrik tahlil orqali baholashga e’tibor qaratiladi. Adabiyotlar sharhida xorijiy tadqiqotlar va jurnallar asosida raqamli vositalarning nazariy poydevorlari, innovatsion usullar va mustaqil ishlash faoliyatini shakllantirish strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Metodologik jihatdan korelatsiya va regressiya usullaridan foydalangan holda raqamli vositalar va mustaqil ishlash faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Natijalar O‘zbekistonda raqamli vositalarning talabalarning mustaqil ishlash faoliyatini oshirishdagi samaradorligini ko‘rsatadi, bu esa ta’lim sifatini oshirish va iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi. Maqola raqamli resurslarni kengroq joriy qilish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va talabalarga mustaqil ishlash uchun raqamli savodxonlikni oshirish bo‘yicha takliflar keltiradi. Ushbu tadqiqot raqamli vositalarning ta’limdagi dolzarbligini va uning iqtisodiy-sotsial ta’sirini chuqur tushunishga yordam beradi. |
|
Files
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI.pdf
Files
(1.6 MB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:5fd250f93a39da374abd7b532c937c30
|
1.6 MB | Preview Download |