Published May 12, 2025 | Version v1
Conference paper Open

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINING JAHON HAMJAMIYATIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

  • 1. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi

Description

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, uning milliy iqtisodiyoti jahon iqtisodiy tizimiga faol integratsiyalashib, o‘zining geosiyosiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon etmoqda. Mamlakat Markaziy Osiyoda transport, energetika va suv resurslari markazi sifatida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati kabi eksport tarmoqlari bilan jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashga harakat qilmoqda. O‘zbekistonning xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muvaffaqiyatlari va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi o‘sish sur’ati uning global iqtisodiy jarayonlardagi rolini oshirmoqda. Shu bilan birga, mamlakatning ilmiy-texnikaviy rivojlanishi va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishi uning jahon iqtisodiyotidagi nufuzini yanada kuchaytirishga undamoqda. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar, balki siyosiy va madaniy aloqalar orqali ham mustahkamlanmoqda, bu esa uni mintaqaviy va global miqyosda muhim hamkor sifatida ajratib turadi.

Files

O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINING JAHON HAMJAMIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI.pdf