Published May 14, 2025 | Version v1
Conference paper Open

O'ZBEKISTON TURIZMIDA GIGIYENA VA SANITARIYA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH: XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAHLIL VA TAKLIFLAR

  • 1. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Description

So‘nggi yillarda O‘zbekiston turizm sohasida jadal rivojlanish bosqichiga kirib, xorijiy va ichki sayyohlar oqimi yil sayin ortib bormoqda. Bu esa, bir tomondan, mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilsa, boshqa tomondan — xizmat ko‘rsatish sifatini, ayniqsa, sog‘liq va xavfsizlik bilan bog‘liq jihatlarni xalqaro talablar darajasiga olib chiqishni taqozo etadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida, xususan, mehmonxona va restoran infratuzilmasida gigiyena va sanitariya madaniyati muhim mezon sifatida turistik ob’ektlarning obro‘sini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada turizm sohasida gigiyena va sanitariya talablarining ahamiyati, xalqaro standartlar (ISO, HACCP) asosida ularning qo‘llanishi, shuningdek, O‘zbekiston misolida mavjud holat tahlil qilinadi va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.                                                      

Files

O‘ZBEKISTON TURIZMIDA GIGIYENA VA SANITARIYA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH- XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAHLIL VA TAKLIFLAR.pdf