BOSHQARUV JARAYONIDA MANIPULYATSIYANING MOHIYATI VA USULLARI
Creators
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali psixologiya fakulteti oila psixologiyasi kafedrasi o'qituvchisi
- 2. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali psixologiya fakulteti oila psixologiyasi yo'nalishi 3-bosqich talabasi
Description
Mazkur maqolada boshqaruv jarayonida manipulyatsiyaning mohiyati, usullari va ularga qarshi kurashish yo'llari tahlil etilgan. Manipulyatsiya — bu boshqalarning ongiga va his-tuyg'ulariga yashirin ta'sir ko'rsatish orqali ularni o'z foydasiga qaror qabul qilishga undashdir. Ushbu usul ko'pincha manipulyatorning haqiqiy niyatlari yashirilgan holda amalga oshiriladi, natijada odamlar o'zlari istamagan yoki noto'g'ri qarorlar qabul qilishga majbur bo'lishlari mumkin.
Maqolada manipulyatsiyaning asosiy usullari, jumladan, hissiyotlarga ta'sir qilish, axborotni buzib ko'rsatish, ijtimoiy bosim va tushunchalar bilan o'ynash kabi usullar batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, bunday manipulyatsiyalarga qarshi kurashish uchun tan olish, oyna, savol bilan javob berish va noaniq iboralarga e'tibor bermaslik kabi samarali usullar keltirilgan.
Maqola boshqaruv jarayonida manipulyatsiyaning oldini olish va adolatli, samarali qarorlar qabul qilishga yordam beruvchi amaliy tavsiyalarni o'z ichiga oladi.
Files
BOSHQARUV JARAYONIDA MANIPULYATSIYANING MOHIYATI VA USULLARI.pdf
Files
(1.8 MB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:e30bcaae78b5eca2886ec057b2dbca11
|
1.8 MB | Preview Download |