About the Journal

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi — mamlakatning turli sohalaridagi olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilarni bir joyga to'plagan, ilm-fan va amaliyot o'rtasidagi bog'lanishni rivojlantirishga qaratilgan yirik ilmiy tadbirdir. Ushbu konferensiyada ishtirokchilar o'zlarining ilmiy ishlanmalari, yangiliklar va ilg'or texnologiyalarini taqdim etib, zamonaviy muammolarni hal etish bo'yicha innovatsion yondashuvlar va echimlar haqida fikr almashadilar.

Konferensiya doirasida turli mavzular bo'yicha sessiyalar, ma'ruzalar va seminarlar tashkil etiladi. Bu yerda ilmiy tadqiqotlar natijalari, amaliy tajribalar va yangi ilmiy texnologiyalarni tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Bunday tadbirlar nafaqat ilmiy jamiyat uchun, balki ta'lim, sanoat va iqtisodiyot sohalarida ham katta ahamiyatga ega.

Konferensiya ishtirokchilari:

  • Tadqiqotchilar, olimlar, talaba-yosh olimlar

  • Ilmiy va ta'lim muassasalari vakillari

  • Sanoat va biznes sohalarining mutaxassislari

  • Davlat organlari va jamiyat yetakchilari

Ma'qsad:

  • Ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlar o'rtasidagi aloqani mustahkamlash

  • Yangiliklar va innovatsiyalarni ilm-fan va sanoatga tatbiq etish

  • Mamlakat ilmiy salohiyatini yanada oshirish

  • Ilmiy va amaliy yutuqlarni keng targ'ib qilish.

Current Issue

Vol. 1 No. 2 (2025): “OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

“Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyarbrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PF-5847-sonli, 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g’risida”gi PF-60-sonli farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №824-sonli qarori ijrosini ta'minlash jarayonini tashkil etishning ilmiy-amaliy asoslarini tadqiq etishga yoʻnaltirilgan.

Published: 2025-03-27
View All Issues