INSON RESURSLARINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY YO'NALISHLARI
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali o'quv-uslubiy bo'limi boshlig'i, "Iqtisodiyot va turizm" kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
- 2. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, Psixologiya fakulteti "Iqtisodiyot va turizm" kafedrasi, 1-kurs magistranti
Description
Hozirgi kunda jamiyatda, korxonalarda, tashkilotlarda, umuman olganda inson resurslari bor bo‘lgan har qanday joyda ularni boshqarish va rivojlantirish doimiy tarzda yangiliklar va innovatsiyalarni talab qiladi. Aynan innovatsiyalar tashkilotlarga raqobatchilari bilan kurashda ustunlik taqdim etadi. Shuningdek, innovatsiya deganda resurslar va mahsulotlarning samaradorligi va sifatini oshirishni ta'minlaydigan yangilik tushunilishi kerak. Innovatsiya - bu insonning intellektual faoliyatining yakuniy natijasi. Zamonning shiddat bilan rivojlanishi natijasida doimiy tarzda yangiliklarni, innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash va amalga tadbiq etish zarur, chunki kundan-kunga insonning ehtiyojlari o‘zgarib bormoqda. Innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydigan muhitni shakllantirish uchun korxonaga eng avvalo tajribali va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega xodimlar kerak. Bunday inson resurslarini topish, ishga yollash, korxona muhiti bilan uyg‘unlashtirish, doimiy tarzda rivojlanishi uchun mos sharoit yaratib berish korxona va tashkilotlarning inson resurslarini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi menejerining asosiy faoliyati hisoblanadi.
Files
Ermatov M.pdf
Files
(1.6 MB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:52b0aee14b20a088d1bc732aefd2e71d
|
1.6 MB | Preview Download |