ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASINI INTEGRATSIYA QILISH VA RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.15386278
Keywords:
Infratuzilma, integratsiya, samaradorlik, innovatsiya, moliyalashtirish, infratuzilma siyosati, logistika, raqamli texnologiyalar, tarmoqlararo uzviylik, hududlararo tafovutlarAbstract
Ushbu maqolada ishlab chiqarish infratuzilmasining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, uning tarkibiy qismlari o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish zaruriyati va bu borada amalga oshirilayotgan innovatsion chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda ishlab chiqarishning asosiy infratuzilma bo‘g‘inlari — sanoat, transport, energetika va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari — o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, raqamli texnologiyalar joriy etilishi, innovatsion infratuzilma modellarining roli va moliyaviy mexanizmlar muhokama etilgan. Maqolada tarmoqlararo uzviylik orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, logistik xarajatlarni kamaytirish, eksport salohiyatini kuchaytirish hamda iqtisodiy hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirish imkoniyatlari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro tajribalar asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Downloads
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022, July 29). PQ–327-sonli qaror: 2022–2026-yillarda sanoatni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida. https://lex.uz
Mamatov, A. A. (2016). Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi iqtisodiyoti. Namangan: NamDU nashriyoti.
“Navoiyazot” AJ va “UzAuto Motors” AJ.(n.d.). ERP va SCADA tizimlarining joriy etilishi haqidagi pres-relizlar. (www.navoiyazot.uz va www.uzautomotors.com)
Khalilov, F. (2022). Infratuzilma tarmoqlarining samaradorligi va iqtisodiyotga ta’siri. Iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 4(2), 45–60.
Rahimov, R. (2023). Energetika infratuzilmasi va uning barqaror rivojlanishga qo‘shgan hissasi. Energetika va iqtisodiyot jurnali, 5(1), 32–49.
Sattorov, Z. (2021). Sanoat va transport infratuzilmasining integratsiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.