O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
https://doi.org/10.5281/zenodo.17364438
Abstrak
Monografiyada raqamli iqtisodiyotning rivojlanish omillari, raqamli iqtisodiyot tushunchasining mohiyati, uning asosiy o'ziga xos xususiyatlari o'rganilgan. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatadi, raqamli iqtisodiyotning shakllanishida raqamli texnologiyalarning roli bilan bog'liq uslubiy yondashuvlar amalga oshiriladi. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishining holati va maqsadli ko'rsatkichlarini tahlil qilish raqamli iqtisodiyotning hududiy darajadagi tarkibiy o'zgarishlarga ta'siriga asoslangan. Raqamli transformatsiyani rag'batlantirish bo'yicha xorijiy tajriba va undan samarali foydalanish imkoniyati tizimlashtirildi. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish tizimini takomillashtirish yo'llari doirasida tegishli ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar shakllantirildi.
Monografiya ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
Monografiya Toshkent gumanitar universiteti Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi 7/7.1-sonli qarori asosida nashrga tavsiya etilgan.