AZOLLA CAROLINA: BIOKIMYOVIY TARKIBI VA MINERAL MODDALARNING O‘ZLASHTIRILISHI

https://doi.org/10.5281/zenodo.14235015

Authors

  • Normuhammedova F.Sh. Samarqand davlat universiteti Author

Abstract

Azolla carolina, yuksak suv o‘simliklaridan biri Bo‘lib, uning biokimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymati qishloq xo‘jaligi va hayvonlar oziqlanishida keng qo‘llaniladi. Bu o‘simlik asosan Amerika qit’asida keng tarqalgan bo‘lib, O‘zbekiston sharoitiga keyinchalik introduksiya qilingan. Hozirgi kunda Respublikamizning Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari daryolari, suv havzalarida tabiiy holda uchraydi. Azolla Carolina qishloq xo‘jaligida ozuqa sifatida ishlatiladi, bu esa uni maqsadli ravishda yetishtirishga imkon beradi. U suv ekosistemalarida azotni bog‘lash orqali ekologik muvozanatni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Azolla Carolina yuksak suvo‘tining biokimyoviy xususiyatlari haqida ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Smith va boshqalar (2018) o‘z tadqiqotlarida Azollaning yuqori proteinli tarkibini ta’kidlagan. [1] Johnson va Williams (2019) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda azollaning azotni bog’lash xususiyatlari keltirilgan [2]. Davis (2020) esa o‘z ishlarida o‘simlikning vitaminlar va minerallarga boy ekanligini aniqlagan [3].

References

Smith, J., et al. (2018). “Nutritional Value of Azolla Species”. Journal of Agricultural Science.

Johnson, R., & Williams, K. (2019). “Biological Nitrogen Fixation in Azolla”. Plant Biology Journal.

Davis, L., et al. (2020). “Biochemical Properties of Aquatic Plants”. International Journal of Botany.

Downloads

Published

2024-11-15

How to Cite

Normuhammedova, F. (2024). AZOLLA CAROLINA: BIOKIMYOVIY TARKIBI VA MINERAL MODDALARNING O‘ZLASHTIRILISHI: https://doi.org/10.5281/zenodo.14235015. International Scientific and Practical Conference, 1(1), 395-397. https://bestjournalup.com/index.php/ispc/article/view/702