Vol. 1 No. 1 (2025): AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGINI JAHON IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY HAMDA MA’NAVIY-MADANIY TARAQQIYOTIDAGI OʻRNI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
“Amir Temur va temuriylar davlatchiligini jahon ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent gumanitar fanlar universiteti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida tashkil etilgan boʻlib, ilmiy-amaliy konferensiya Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik tarixi, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosi, temuriylarning dunyo taraqqiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasi, sarkardaning mardlik, jasorat, adolat, sadoqat hamda vatanparvarlikka yoʻgʻirilgan e’tirofli va ezgu fazilatlarini mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy islohotlar bilan uygʻunligini oʻrganish maqsadida tashkil etilgan.
Ilmiy-amaliy konferensiya materillariga oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, doktorant va tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, harbiy xizmatchilar, magistratura va bakalavr ta'lim yoʻnalishi talabalarining Amir Temur va temuriylar davlatchiligida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti, temuriylar saltanatida davlat boshqaruvi va harbiy tizim faoliyatini tashkiliy asoslari, ilm-fan taraqqiyotiga e’tibor, xalqaro savdo munosabatlarini amalga oshirish mexanizmi xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish jarayonlaridagi oʻrni, temuriylar imperiyasi davridagi diplomatik munosabatlarni jahondagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda geosiyosiy oʻzgarishlarga ta'siriga doir ilmiy maqola va tezislar kiritilingan.
Ushbu nashrda keltirilgan barcha ma'lumotlar mualliflarga tegishli boʻlib, tanqidiy fikr-mulohazalarga mualliflarning oʻzlari mas'uldirlar.