Jurnal haqida
Zamonaviy dunyo tadqiqotlari jurnali (ISSN: 3030-3311) har oy elektron shaklda nashr etiladigan ilmiy jurnaldir. Jurnal barcha yosh tadqiqotchilar, talabalar, magistrlar, professor-o'qituvchilar va doktorantlar hamda umumta'lim maktablari xodimlari uchun ochiq.
Jurnalning asosiy maqsadi butun dunyo tadqiqotchilarini zamonaviy g'oyalar bilan tanishtirish, ularning ilmiy faoliyatini jonlantirish, ilmiy nufuzi va salohiyatini oshirish, turli innovatsion tadqiqotlarda ishtirokini oshirish, tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyatini oshirish va keng jamoatchilikka tarqatishdan iborat.
Zamonaviy dunyo tadqiqotlari jurnali 5 ga yaqin xalqaro ma'lumotlar bazalarida indekslangan va maqolalar quyidagi yo'nalishlarda qabul qilingan:
1. Ilmiy texnologiyalar
2. Iqtisodiyot
3. Moliya
4. Matematik tahlil
5. Texnika fanlari
6. Tibbiyot fanlari
7. Ijtimoiy fanlar
Barcha qo'lyozmalar o'zbek, ingliz, rus tillarida tayyorlanib, atroflicha ko'rib chiqilishi kerak.
Nashr muddati: oylik
Nashriyotchi:"Fast support and result" MCHJ