SURXONDARYO VILOYATI IQTISODIYOTI O‘SISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING KORRELYATSION VA REGRESSION TAHLILI
https://doi.org/10.5281/zenodo.13841502
##semicolon##
iqtisodiy o‘sish##common.commaListSeparator## iqtisodiy rivojlanish##common.commaListSeparator## yalpi ichki mahsulot##common.commaListSeparator## turli xil sohadagi xizmatlar##common.commaListSeparator## model##common.commaListSeparator## korrelyatsion tahlil, matritsa, regression tahli, Student mezoni, Fisher mezoniAbstrak
Bugungi kunda har qadamda iqtisodiyotni, iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy rivojlanishni uchratish mumkin. Iqtisodiyot – jamiyatning iqtisodiy faoliyati, shuningdek, ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish tizimida rivojlanadigan munosabatlar yig‘indisi hisoblanadi [1] Hammaga ma’lumki, iqtisodiyotning bosh maqsadi: “Kim uchun ishlab chiqarish kerak?”, “Nima uchun ishlab chiqarish kerak?” va “Qanday ishlab chiqarish kerak?”. Iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy rivojlanish bir-biriga yaqin tushunchalar bo‘lsa ham, lekin ma’no-mazmun jihatdan farq qiladi. Iqtisodiyotni rivojlanishiga ham, pasayishiga ham, albatta, omillar ta’sir qilishini hamma biladi. Ammo, aynan qaysi omil qanchalik darajada ta’sir qilishini bilish qiyin, sababi bu to‘g‘risida ma’lumotlar kam, lekin shunga o‘xshash adabiyotlar mavjud. Shunday bo‘lsada, ushbu maqolada Surxondaryo viloyati yalpi ichki mahsulot va turli xil sohadagi ma’lumotlar tanlab olinib korrelyatsion-regression tahlil qilingan, Fisher mezoni, Student mezonlari o‘rganilgan, iqtisodiy jarayonga mos model tuzilgan. Bu jarayonlarni amalga oshirish yordamida esa iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi omillar aniqlangan, ya’ni qaysi omil qay darajada ta’sir qiladi, qaysi omillarni o‘stirish, e’tibor qaratish orqali qanchalik darajada iqtisodiyotni rivojlantirish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar tuzilgan, tahlil qilingan, xulosalar keltirilgan. Yalpi ichki mahsulot, investitsiyalar, transport xizmati, avtotransport xizmatlari, savdo, ta’lim, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ijara va lizing bo‘yicha xizmatlar va boshqa turdagi xizmatlar iqtisodiyotni rivojlantirishda qay darajada rol o‘ynamoqda? Yuqorida keltirilayotgan savollarga ushbu maqolada javob topishingiz mumkin.
Yuklashlar
##submission.citations##
https://uz.wikipedia.org/wiki/Iqtisodiyot_tushunchasi
M.A.Mamatov. Iqtisodiy o‘sish. o‘quv qo‘llanma. - Т.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2021-384 b.
M.A.Mamatov. Iqtisodiy o‘sish. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” 2021-384b
https://en.wikipedia.org/wiki/Gross_domestic_product
X.O.Qurbonovich, N.G.Shokulovich “Innovatsion iqtisodiyot” ilmiy elektron jurnali, IX. Ekonometrika va statistika.
B.E.Turayev “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, 6-son.
I M.Tenyakov “Iqtisodiy o‘sishning sifati milliy rivojlanishning omili sifatida” mavzusidagi dissertatsiyasi (2007).
Xodiyev B.Y., Shodiyev T.Sh., Berkinov B.B. Ekonometrika: o‘quv qo‘llanma. – T.: IQTISODIYOT, 2018-178 b.
Viloyatlar Statistika boshqarmalari rasmiy saytlari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Viloyatlar statistika boshqarmalari rasmiy saytlari - http://www.andstat.uz/uz/, https://buxstat.uz/uz/, https://farstat.uz/uz/, https://jizzaxstat.uz/uz/, https://namstat.uz/uz/, https://www.navstat.uz/uz/, https://www.qashstat.uz/uz/, https://qrstat.uz/uz/, https://samstat.uz/uz/, http://sirstat.uz/uz/, https://www.surxonstat.uz/uz/, https://toshstat.uz/uz/, https://www.toshvilstat.uz/uz/, https://www.xorazmstat.uz/uz/.
www.surxonstat.uz - Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasining rasmiy sayti.