CTLA-4 GENI POLIMORFIZMILARI VA QANDLI DIABETNI ERTA TASHXISLASH

https://doi.org/10.5281/zenodo.15177173

Authors

  • Saidov Z.U. O‘zbekiston Milliy unversitetining Jizzax filiali Author
  • Mustafakulov M.A. Biofizika va biokimyo instituti Author

Keywords:

CTLA-4, 1TQD, PCR, polimorfizm, autoimmune, T-lymphocyte

Abstract

1-turdagi qandli diabet (1TQD) insulin ishlab chiqaruvchi beta hujayralarining yo‘qolishi bilan yuzaga keladigan autoimmun kasallikdir. 1TQD rivojlanishiga genetik va atrof-muhit omillari ta'sir qiladi, bunda immun tizimining noto‘g‘ri ishlashi muhim rol o‘ynaydi. CTLA-4 geni immun tizimining faoliyatini boshqarib, autoimmun kasalliklar, jumladan 1TQDda ham ishtirok etadi. CTLA-4 polimorfizmlari immun tizimidagi o‘zgarishlarga olib kelib, kasallikning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu tadqiqotlar natijasida CTLA-4 polimorfizmlarining autoimmun kasalliklar, ayniqsa, 1-turdagi qandli diabetning rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lish mumkin. CTLA-4 polimorfizmlarining diagnostik marker sifatida ishlatilishi, qandli diabetni erta aniqlash va kasallikning oldini olish uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Shuningdek, genetik tahlil usullari, masalan, PCR va sekvenatsiya texnologiyalari, CTLA-4 polimorfizmlarini aniqlash va tahlil qilishda samarali qo‘llaniladi, bu esa genetik asosli tashxislashning aniqligini oshiradi.

References

Jama M., Tabana Y., Barakat K. H. Targeting cytotoxic lymphocyte antigen 4 (CTLA-4) in breast cancer //European Journal of Medical Research. – 2024. – Т. 29. – №. 1. – С. 353.

Mustafakulov M. et al. Human growth hormone produced with recombinant DNA technology //BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 130. – С. 04009.

Obaied M. H. R. et al. Implication of the HLA-DQA1, HLA-DQB1 and CTLA-4 alleles in the susceptibility to type 1 diabetes in Jordanian population //Molecular Biology Reports. – 2025. – Т. 52. – №. 1. – С. 1-8.

Yan X. et al. Association of CTLA-4 polymorphisms with hematologic malignancy susceptibility: a meta-analysis //Frontiers in Oncology. – 2024. – Т. 14. – С. 1467740.

Downloads

Published

2025-03-28

How to Cite

Saidov , Z., & Mustafakulov , M. (2025). CTLA-4 GENI POLIMORFIZMILARI VA QANDLI DIABETNI ERTA TASHXISLASH: https://doi.org/10.5281/zenodo.15177173. International Scientific and Practical Conference, 1(1), 27-29. https://bestjournalup.com/index.php/ispc/article/view/1286

Most read articles by the same author(s)